Bugun Turkiyaning yetakchi urug‘chilik kompaniyalaridan biri — ProGen Tohum A.Ş. kompaniyasi bosh direktori Aykut ÖzbuğdayPaxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmon institutning ilmiy salohiyati, zamonaviy laboratoriyalarda olib borilayotgan tadqiqotlar, dala tajribalari, g‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi yo‘nalishidagi ishlanmalar hamda yaratilayotgan yangi navlar bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur uchrashuv kuni kecha imzolangan hamkorlik Memorandumining amaliy davomi bo‘ldi. Muzokaralarda endi kelishuvlarni qog‘ozda qoldirmasdan, ularni real ilmiy natijalarga aylantirish masalalariga asosiy e’tibor qaratildi.
Xususan, qo‘shma seleksiya dasturlarini yo‘lga qo‘yish, yangi g‘o‘za navlarini yaratish, ProGen seleksiyasiga mansub istiqbolli navlarni O‘zbekiston sharoitida sinash, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, tajriba va texnologiyalar almashinuvini kuchaytirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi



