Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti hamda Turkiyaning yetakchi urug‘chilik kompaniyalaridan biri — ProGen Tohum A.Ş. o‘rtasida ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan Memorandum imzolandi.
Memorandum doirasida g‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi sohasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, yangi g‘o‘za navlarini yaratish, istiqbolli navlarni O‘zbekiston sharoitida sinovdan o‘tkazish, tajriba va zamonaviy texnologiyalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, tomonlar olimlar va mutaxassislar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, qo‘shma seleksiya dasturlarini tashkil etish hamda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.
