
Bugun Qişloq xöjaligi vazirligi tizimidagi Paxta seleksiyasi, uruğçiligi va yetiştiriş agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti tajriba maydonida ğöza çigitini turli preparatlar yordamida kapsulalaş samaradorligini baholaş hamda kuzgi ekiş texnologiyasini işlab çiqişga qaratilgan dastlabki tajriba işlari amalga oşirildi.
Tadqiqot doirasida kapsulalangan çigitning qiş davomida tuproqda saqlanişi, namlikni uşlab turiş xususiyati hamda bahorgi şaroitda unib çiqiş jarayoni örganiladi. Bunda kapsula çigitni taşqi taʼsirlardan himoya qiliş, uning çirişining oldini oliş va zarur namlikni saqlaşga xizmat qilişi közda tutilgan.
Manba: Telegram kanali