Ilm-fan va barqaror paxtachilik yo‘lida yangi hamkorlik!

Bugun “Better CottonInitiative” katta direktori Iveta Ouvry boshchiligidagi delegatsiya Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlarga institutning ilmiy faoliyati, zamonaviy laboratoriyalarda olib borilayotgan tadqiqotlar va tajriba dalalaridagi innovatsion ishlanmalar taqdim etildi. Xususan, delegatsiya vakillari:

✅organik va barqaror paxtachilik texnologiyalari;
✅yangi va istiqbolli g‘o‘za navlari;
biotexnologiya va molekulyar genetika yo‘nalishidagi tadqiqotlar;
✅ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrifning eng qiziqarli qismi institut olimlari va Better Cotton mutaxassislari ishtirokidagi ochiq muloqot bo‘ldi. Unda olimlar va xalqaro ekspertlar o‘z fikrlarini erkin bildirdi, savollarga javob berdi hamda sohadagi dolzarb masalalar yuzasidan samimiy va mazmunli bahs-munozara olib bordi.

Muloqot davomida ilm-fan, ekologik barqarorlik va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish, istiqbolda qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda innovatsion ishlanmalarni paxta dalalariga keng joriy etish bo‘yicha muhim takliflar ilgari surildi.

Прокрутить вверх