institut haqida
PAXTA SELEKSIYASI, URUG‘CHILIGI VA YETISHTIRISH AGROTEXNOLOGIYALARI ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
Institut
1922 yilda Hukumat qarorini bajarish yuzasidan Yalang‘och qishlog‘ida seleksion stansiya sifatida tashkil etilgan.
Keyinchalik, yaʼni 1929 yilda O‘zbekiston Paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti (SoyuzNIXI)
tashkil etilgan. G‘o‘za urug‘chiligini nazorat qilish markaziy
rasadxonasi 1934
yilda tashkil topgan yirik ilmiy muassasa hisoblanib, Vazirlar Mahkamasining
1992 yil 22 yanvaridagi №25-sonli qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish
Markazi taʼsarrufiga o‘tkazilgan. Markaziy rasadxona nomi o‘zgartirilib,
Respublika qishloq xo‘jalik ekinlari birlamchi urug‘chiligi va urug‘shunoslik
stansiyasi deb nomlangan.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2014 yil 10 fevraldagi “O‘zbekiston Qishloq
xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini takomillashtirish
to‘g‘risida”gi PQ-2125-sonli qarori asosida O‘zbekiston G‘o‘za seleksiyasi va
urug‘chiligi ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekiston Paxtachilik ilmiy-tadqiqot
instituti va Respublika birlamchi urug‘chilik va urug‘shunoslik stansiyasi
negizida Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va еtishtirish agrotexnologiyalari
ilmiy tadqiqot instituti tashkil etilgan.

