O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik yangi bosqichda

Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti hamda Xitoy Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining Paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik yo’lga qo’yiladi.

Hamkorlik doirasida Xitoy navlarini sinash markazi bilan o‘zaro ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan Memorandum imzolandi. Mazkur kelishuv doirasida xorijiy navlarni GMO tahlili, molekulyar darajada nav tozaligi va navlarni identifikatsiya qilish bo’yicha uslub, protokollar ishlab chiqish, sinash va, zamonaviy biotexnologik hamda molekulyar-genetik tahlillarni amalga oshirish va ilmiy tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.

Mazkur hamkorlik O‘zbekiston va Xitoy olimlari o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlash, zamonaviy biotexnologiyalarni amaliyotga joriy etish hamda yangi, istiqbolli g‘o‘za navlarini yaratish va sinovdan o‘tkazish yo‘nalishlaridagi tadqiqotlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Прокрутить вверх