FAO BILAN HAMKORLIKDA NO-TILL TEXNOLOGIYASI BO‘YICHA YANGI TASHABBUSLAR

23-sentabr kuni Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi Xorazm mintaqaviy markazida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan “O‘zbekistonda oziq-ovqat tizimlari, yer resurslaridan foydalanish va tiklash dasturi” doirasida seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda PSUYAITI Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasi ilmiy xodimlari ham faol ishtirok etib, yer resurslaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Dastur doirasida Yangibozor va Urganch tumanlarida paxtachilikda No-Till — yerga an’anaviy ishlov bermasdan ekish texnologiyasi, tuproq namligini boshqarish, tuproq unumdorligini saqlash hamda o‘simlik qoldiqlaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy ishlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, demo maydonlarda No-Till texnologiyasi bo‘yicha amaliy-ko‘rgazmali dalalar tashkil etish va fermer xo‘jaliklari uchun seminar-treninglar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Seminar yakunida FAO bilan hamkorlikda PSUYAITI Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasida mazkur yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Прокрутить вверх