Xitoy Xalq Respublikasining Xenan provinsiyasi Anyang shahri va Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonining Changji shahrida 2026-yil 8–23-noyabr kunlari “Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun paxta yetishtirishni boshqarish” mavzusida xalqaro o‘quv-seminar-trening kursi tashkil etilmoqda.
Mazkur xalqaro tadbirda Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassislari ham ishtirok etmoqda.
Kurs doirasida:
✅Xitoyning paxtachilik sohasidagi ilg‘or tajribalari bilan tanishish;
✅Paxta navlarini yaratish va urug‘chilik tizimini o‘rganish;
✅Paxta yetishtirish agrotexnologiyalari;
✅Zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari va mexanizatsiya;
✅Tuproq unumdorligi, o‘g‘itlash hamda kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish;
✅Ilmiy-tadqiqot institutlari va ilg‘or ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishish.
Mazkur o‘quv-seminar-trening O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida paxtachilik sohasidagi ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish hamda mamlakatimiz paxtachiligiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga xizmat qiladi.




