Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida Toshkent davlat agrar universiteti Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O. Usanov tomonidan tayyorlangan “Uch ming yillik ildiz va uchinchi Renessans” mavzusidagi maxsus taqdimot ishtirokchilarga namoyish etildi.
Taqdimot davomida mamlakatimiz mustaqilligi yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, ilm-fan, ta’lim va qishloq xo‘jaligi sohalarida erishilgan natijalar, shuningdek, xalqimiz hayotida yuz bergan muhim o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.



