GEN MUHANDISLIGI SOHASIDA YANGI HAMKORLIK

Institutimizga Xitoyning biotexnologiya, gen muhandisligi va zamonaviy seleksiya yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi yetakchi xususiy Bio—Tkompaniyasi rahbarlari va olimlari tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlar institutimizning ilmiy salohiyati, zamonaviy laboratoriyalari hamda molekulyar genetika va biotexnologiya yo‘nalishida olib borilayotgan tadqiqotlar bilan yaqindan tanishdilar.

Muzokaralarning eng muhim yo‘nalishlaridan biri — O‘zbekistonning mahalliy g‘o‘za navlariga zamonaviy gen muhandisligi texnologiyalarini qo‘llash, jumladan, istiqbolli genetik belgilarni kiritish va yangi avlod navlarini yaratish bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish bo‘ldi.

Tomonlar ushbu yo‘nalishda uzoq muddatli va amaliy natijalarga qaratilgan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishdilar.

Bu hamkorlik — milliy seleksiya + zamonaviy biotexnologiya + xalqaro tajribani birlashtirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamdir.

Прокрутить вверх