O‘ZBEKISTON–XITOY ILMIY HAMKORLIGINING ILK MEVALARI!

Xitoylik olimlar bilan hamkorlikda olib borayotgan ilmiy tadqiqotlarning dastlabki natijalaridan biri nufuzli xalqaro ilmiy jurnalda chop etildi!

Tadqiqotda O‘zbekiston va Xitoy paxta maydonlarida uchraydigan zararkunandalar hamda ularning tabiiy kushandalari populyatsiyasi, xilma-xilligi va mavsumiy dinamikasi qiyosiy o‘rganildi.

Olingan natijalar ikki hudud agroekotizimlari o‘rtasidagi muhim farqlarni ko‘rsatib, paxtachilikda biologik kurash va ekologik boshqaruv strategiyalarini takomillashtirish uchun ilmiy asos yaratadi.

Eng muhimi, bu maqola – shunchaki ilmiy natija emas. Bu O‘zbekiston va Xitoy olimlari o‘rtasida paxtachilik sahasidagi hamkorlikning ilk mevalaridan biridir.

Прокрутить вверх