
Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida Milliy markaz tizimidagi Paxta seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy-tajriba stansiyasida chigit ekish boshlandi.
Tuproqqa ilk chigit qadash tadbirida viloyatning tajribali dehqonlari, soha mutaxassislari va olimlari ishtirok etdi. Tadbirda Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov ham ishtirok etib, paxtachilikda innovatsion yondashuvlarning ahamiyati haqida fikr bildirdi.
Xorij seleksiyasiga mansub gʻoʻza chigiti plyonka ostida, qoʻshqator usulda ekilmoqda. Ushbu texnologiya hosildorlikni oshirish, suvni tejash va tuproq unumdorligini saqlash imkonini beradi.
