Institut faoliyatining yangi bosqichiga muhim vazifalar belgilandi

Bugun Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori Akmal Tulanov institut xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Muloqot davomida institutning kelgusidagi faoliyat yo‘nalishlari, ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish, mavjud tizimli muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, ilmiy salohiyatni oshirish, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish va jamoa faoliyatini yanada samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv ochiq fikr va takliflar almashinuvi ruhida o‘tdi. Xodimlarning taklif va mulohazalari tinglanib, kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Прокрутить вверх