Qishloq xo‘jaligida ustuvor vazifalar ijrosi doirasida Bekobod tumanida amaliy tadbirlar olib borilmoqda

Ayni daqiqalarda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shodmon Namozov hamda direktor o‘rinbosari Bunyod Mamarahimov Toshkent viloyatining Bekobod tumanida g‘o‘za parvarishi ishlari bilan joyida o‘rganish asosida tanishmoqdalar.

Ushbu amaliy tadbir Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov tomonidan berilgan topshiriqlarga muvofiq, kechiktirib bo‘lmaydigan ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan.
Mazkur vazifalar qatorida paxtachilikni zamonaviy agrotexnologiyalar asosida tashkil etish, hosildorlikni oshirish, ilm va amaliyot uyg‘unligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Joyida o‘rganish jarayonida Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining yetakchi olimlari ishtirokida g‘o‘za nihollarini parvarishlash, agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish, shuningdek, paxta yetishtirishda Shinjon texnologiyasini joriy etish bo‘yicha mahalliy fermerlarga ilmiy asoslangan tavsiyalar berilmoqda.

Olimlar fermerlarga g‘o‘za nihollarini oziqlantirish, sug‘orish tadbirlarida e’tiborga olish lozim bo‘lgan omillar to‘g‘risida ham batafsil ma’lumot bermoqdalar.
Bu orqali amaliy ko‘nikmalar mustahkamlanib, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatlari yanada oshmoqda.

Bunday muloqotlar sohadagi muammolarni joyida aniqlash va ularning ilmiy echimlarini ishlab chiqish, shuningdek, Qishloq xo‘jaligini transformatsiya qilishda muhim bosqich hisoblanadi.

Прокрутить вверх