Bugun, 2026-yil 3-noyabr kuni Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida 2027-o‘quv yili uchun doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD), stajyor-tadqiqotchilik hamda mustaqil izlanuvchilikka qabul bo‘yicha kirish imtihonlari o‘tkazildi.
Imtihonlar 06.01.05 – «Seleksiya va urug‘chilik» ixtisosligi bo‘yicha tashkil etilib, talabgorlarning nazariy bilimlari, ilmiy salohiyati va tanlagan yo‘nalishi bo‘yicha tayyorgarligi baholandi.
Imtihon natijalariga ko‘ra:
✅Doktorantura (DSc) bosqichiga 2 nafar talabgordan 1 nafari;
✅Tayanch doktorantura (PhD) bosqichiga 7 nafar talabgordan 4 nafari;
✅Mustaqil izlanuvchilikka 5 nafar talabgor qabul qilindi.
Institutda ilmiy kadrlar tayyorlash, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda paxtachilik sohasida ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Boshqa ixtisosliklar bo‘yicha kirish imtihonlari tasdiqlangan jadval asosida davom etadi.









