O‘ZBEKISTON–ISPANIYA: QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDA XALQARO HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA

2026-yil 29–31-oktabr kunlari O‘zbekistonda “Spain at Agricultural Technology Forum” — Ispaniya qishloq xo‘jaligi texnologiyalari forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur xalqaro forumda Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. Xususan, institut laboratoriya mudirlari forum doirasidagi uchrashuvlar, taqdimotlar va muzokaralarda faol qatnashib, qishloq xo‘jaligining istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan o‘zaro fikr va tajriba almashmoqda.

Forum davomida qishloq xo‘jaligi sohasida O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, seleksiya va urug‘chilik, o‘simliklar biotexnologiyasi, innovatsion ishlanmalar hamda resurs tejamkor texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, soha vakillari va xorijiy kompaniyalar bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijasida qishloq xo‘jaligining turli yo‘nalishlarida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishildi.

Bunday xalqaro forumlarda institut olimlari va mutaxassislarining faol ishtiroki ilmiy salohiyatni yanada oshirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish hamda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

blank
blank
Прокрутить вверх