Pokiston O‘simliklarni himoya qilish instituti direktori doktor Syed Habibullah Shah hamda Butunjahon tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi (WWF–Pokiston) mutaxassisi Hafiz Muhammad Bakhsh institutimizga tashrif buyurdi.
Tashrifning asosiy maqsadi — O‘zbekistonda organik va regenerativ paxtachilik bo‘yicha olib borilayotgan innovatsion tadqiqotlar va ilg‘or tajribalar bilan tanishish, tajriba almashish hamda ilmiy hamkorlikni kengaytirish.
Tashrif davomida organik paxtaning ta’minot zanjiri, tuproq salomatligi va unumdorligini yaxshilash, zararkunandalarga qarshi raqamli texnologiyalar va biologik usullardan foydalanish hamda biochar qo‘llash imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Sog‘lom tuproq, sifatli hosil va ekologik barqarorlik — ilm-fan bilan chambarchas bog‘liq. Bunday uchrashuvlar ikki mamlakat mutaxassislari o‘rtasida bilim va tajriba almashish, qo‘shma tadqiqotlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.





