Avstriyaning Solid Green kompaniyasi bosh direktori Ingolf Sonnleitner institutimizga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida qishloq xo‘jaligi ekinlarining sho‘rlanish, suv tanqisligi va yuqori haroratga chidamliligini oshirishga qaratilgan innovatsion biopreparatlar, xususan, betain va tabiiy gidrogellarni qo‘llash istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, ushbu mahsulotlarning samaradorligini g‘o‘za va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarida turli tuproq-iqlim sharoitlarida ilmiy asosda sinovdan o‘tkazish hamda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.


