“Doktorantlar kuni”: ilmiy izlanishlar va zamonaviy tadqiqotlar

2026-yil 25-sentyabr kuni “Doktorantlar kuni” munosabati bilan ilmiy-amaliy seminar-trening tashkil etildi. Tadbir paxtachilik sohasidagi dolzarb ilmiy-tadqiqotlar natijadorligini oshirish, ilmiy izlanishlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda doktorantlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirishga qaratildi.

Introgressiv seleksiya va bekkross duragaylash mavzusida III bosqich DSc doktoranti M.R. Tuxliyev tomonidan paxta seleksiyasida zamonaviy genetik-seleksion usullardan foydalanish, kasallik va zararkunandalarga chidamli, yuqori hosildor yangi liniya va navlarni yaratish imkoniyatlari haqida ma’ruza qilindi.

Agrotexnik omillar va g‘o‘za navlarining fiziologik-biokimyoviy xususiyatlari mavzusida III bosqich PhD tayanch doktoranti M.O. Yakubova Xorazm viloyatining tuproq-iqlim sharoitida agrotexnik omillarning yangi g‘o‘za navlari fiziologik va biokimyoviy jarayonlariga ta’siri yuzasidan tadqiqot natijalarini taqdim etdi.

Seminar-trening yakunida yosh olim va doktorantlarning ilmiy izlanishlarini amaliyot bilan bog‘lash, tadqiqot metodologiyasini takomillashtirish hamda paxtachilik sohasidagi dolzarb masalalarga ilmiy va innovatsion yechimlar ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Прокрутить вверх