
Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olishga qaratilgan o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminarda institut mutaxassislari, yosh olimlari va doktorantlari ishtirok etib, giyohvandlikning ijtimoiy va huquqiy oqibatlari hamda yoshlar o‘rtasida uning barvaqt oldini olish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida targ‘ibot-tushuntirish ishlarini kuchaytirish va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

