Bugun Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori Akmal Tulanov ishtirokida institutda tahsil olayotgan tayanch doktorant va doktorantlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Muloqot davomida:
✅ilmiy-tadqiqot ishlarini samarali tashkil etish;
✅dissertatsiya tadqiqotlarining borishi;
✅ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish;
✅ilmiy maqolalarni nufuzli jurnallarda chop ettirish;
✅doktorantlarning ilmiy salohiyati va faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yosh tadqiqotchilarning ilmiy faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar, mavjud imkoniyatlar hamda tadqiqotlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi.
Institut rahbariyati tomonidan doktorantlarni qo‘llab-quvvatlash, zarur ilmiy-metodik sharoitlarni yaratish, shuningdek, ilmiy izlanishlarning sifati va natijadorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Mazkur ochiq muloqot yosh olimlarning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish, shuningdek, paxtachilik sohasi uchun yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.


