Paxta seleksiyasi, uruġçiligi va yetiştiriş agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktorining ilmiy işlar va innovatsiyalar bo‘yiça örinbosari A. Qurbonov Xitoyning yirik “Lihua” kompaniyasi vakili Zhang Zigang bilan muzokaralar ötkazdi.
Uçraşuvda zamonaviy biotexnologiyalarni Özbekistonga transfer qiliş, mahalliy ġözä navlarini takomillaştiriş, yuqori hosildor va zararkunandalarga çidamli yangi navlarni hamkorlikda yaratış masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, qo‘şma ilmiy tajribalar ötkazış, istiqbolli ġözä navlarini Özbekiston şaroitida sinovdan ötkazış, molekulyar seleksiya va genetik muhandislik texnologiyalari bo‘yiça tajriba almashiş hamda uruġçilik sohasida hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Asosiy maqsad — ilġor xorijiy texnologiyalarni mahalliy seleksiya yutuqlari bilan uyġunlaştirib Özbekiston paxtaçiligi uçun raqobatbardoş yangi navlar yaratiş va ilm-fan natijalarini amaliyotga joriy etişdir.


