
2024-yil 21-dekabr kuni poytaxtimizdagi Turkiston san’at saroyida yilning eng tantanali ilm-fan bayrami «Science and innovation awards» bo’lib o’tadi! Mazkur tadbirda yilning eng yaxshilari aniqlanadi va rag’batlantiriladi.
Taqdirlash turli nominatsiyalarda bo’lib o’tadi. «Yilning eng yaxshi yosh olimi» nominatsiyasi finalistligiga Milliy markaz tizimidagi Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri, qishloq xo’jaligi fanlari doktori Avliyakulov Mirzaolim Avazovich ham tanlab olingan.
Milliy markaz rahbariyati yosh olimga tanlovda eng yuqori natijani egallashi va munosib rag’batlantirilishida omad tilaydi!
Tadbir tashkilotchilari:
🔺 «Science and innovation» xalqaro ilmiy jurnali
🔺 UzreportTV telekanali
Tadbirda quyidagi nominatsiyalar bo’yicha g’oliblar aniqlanadi:
🔺1. «Yil olimi» (1 nafar, 5 000 AQSH dollori pul mukofoti);
🔺2. Yilning eng yaxshi yosh olimi (1 nafar, 5 000 AQSH dollori pul mukofoti);
🔺3. Yilning eng yaxshi Oliy ta’lim muassasasi (1 ta);
🔺4. Yilning eng yaxshi ilmiy tadqiqot instituti (1 ta).