Paxta seleksiyasi, uruğçiligi va yetiştiriş agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori Akmal Tulanov hamda direktorning ilmiy işlar va innovatsiyalar böyiça örinbosari Abror Kurbonov Xitoyning Şençjen şahridagi yirik biotexnologik Biocentury Transgene kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanişib, Biocentury Transgene hamda Çuangşiji Seed Industry kompaniyalari va 100 dan ortiq yirik kompaniyalar
asosçisi Wu Kaisong bilan uçraşdi.
Kompaniya maʼlumotlariga köra, Xitoyda zararkunandalarga çidamli Bt ğöza ekin maydonlarining 95 foizdan ortiğida uşbu texnologiya asosida yaratilgan navlar yetiştiriladi (tahminan 667 mln gektar maydonga joriy qilingan).
Uçraşuvda Özbekiston paxtaçiligi uçun istiqbolli yönalişlar muhokama qilindi.
Xususan, zararkunandalarga, qurğöqçilikka, tuproq şörlanishiga hamda gerbitsidlarga bardoshli yangi navlarni yaratish, hamkorlikda ilmiy loyihalarni amalga oşirish, şuningdek, Özbekistonda yirik qoşma uruğçilik va ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish böyiça muzokaralar olib borildi.
Muzokaralar yakunida Biocentury Transgene kompaniyasi hamda institutimiz örtasida hamkorlik memorandumi ham imzolandi.



