Organik paxtachilik, sifatli tola va global bozorlar sari yangi qadamlar

Bugun poytaxtimizda 7-oktabr – Butunjahon paxta kuni doirasida tashkil etilgan xalqaro tadbirning ikkinchi yarmida soha olimlari, xalqaro ekspertlar hamda to‘qimachilik tarmog‘i vakillari ishtirokida qizg‘in muhokamalar va taqdimotlar bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishlarda asosiy e’tibor:

Organik paxtachilik va ekologik barqarorlik: Kimyoviy vositalardan xoli, ekologik toza paxta yetishtirish texnologiyalarini kengaytirish, tuproq unumdorligini asrash hamda biologik himoya usullarini amaliyotga joriy etish;

Tola sifati va hosildorlikni oshirish: Yuqori sifatli, raqobatbardosh tola yetishtirishda zamonaviy agrotexnologiyalar, tomchilatib sug‘orish tizimlari hamda yangi istiqbolli navlarning o‘rni taqdimotlar orqali ko‘rsatish; To‘qimachilik sanoati va eksport salohiyati: Mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlab, qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, shuningdek, Yevropa va Osiyo bozorlariga chiqish geografiyasini kengaytirish strategiyalari;

Mavjud muammolar va ilmiy yechimlar: Sohada uchrayotgan suv tanqisligi, iqlim o‘zgarishining ta’siri, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish hamda agrar sohada ilmiy-tadqiqot natijalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri klasterlar va fermerlar amaliyotiga tatbiq etish mexanizmlari bo‘yicha xalqaro ekspertlarning tavsiyalari tinglandi.

Ishtirokchilar paxtachilik sohasida ilm-fan, innovatsiyalar va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish orqali global bozorda O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarining nufuzini yanada oshirish bo‘yicha muhim takliflarni ilgari surdilar.

Прокрутить вверх