Xalqaro paxta maslahat qo‘mitasi hamda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamkorligida Butunjahon paxta kuni munosabati bilan tashkil etilgan xalqaro tadbir ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ishtirokchilarga yo‘llagan tabrigi Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov tomonidan o‘qib eshittirildi.
Ayni damda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Suy Dunyuy xalqaro tadbir ishtirokchilariga nutq so‘zlamoqda.







