Toshkentda Butunjahon paxta kuniga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya boshlandi

Ayni paytda poytaxtimizda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda Butunjahon paxta kuniga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.

Tadbirda xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan yuqori martabali mehmonlar, paxta yetishtiruvchi mamlakatlar vakillari, soha mutaxassislari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

Konferensiya avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot kotibi Sherzod Asadov davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning konferensiya ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

Anjumanda jahon paxtachiligining bugungi holati va istiqbollari, sohadagi zamonaviy yondashuvlar hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

Прокрутить вверх