Turkiyaning “Celikel” kompaniyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori Akmal Tulanov hamda Turkiyaning qishloq xo‘jaligi texnikalari va zamonaviy texnologik uskunalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Çelikel” kompaniyasi vakili Shamsiddin Urunov o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida Celikel kompaniyasining qishloq xo‘jaligi, chorvachilik yo‘nalishlariga moslashtirilgan texnikalari, shuningdek, paxta xomashyosini dala sharoitida qadoqlash va o‘rashga mo‘ljallangan zamonaviy uskunalari taqdim etildi.

Muzokaralarda yuqori samaradorlik va ilg‘or texnologiyalarga asoslangan mazkur texnika va uskunalarni O‘zbekiston sharoitida sinovdan o‘tkazish, ularning amaliy samaradorligini baholash hamda kelgusida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Прокрутить вверх