“Yangi O‘zbekistonda-zamin yulduzlari”

Bugun, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida “Qishloq xo‘jaligi ilm-fani va amaliyotining uyg‘unligida xotin-qizlarning roli” mavzusida davra suhbati va “Yangi O‘zbekistonda-zamin yulduzlari” ko‘rik tanlovida start berildi.

Tanlov O‘zbekiston xotin-qizlar “OLIMA” uyushmasi, O‘zbekiston “Agrar soha ayollari” uyushmasi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi “Ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish” bo‘limi, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining Xotin-qizlar kengashi va Olima uyushmasi hamkorligida tashkil etildi.

Прокрутить вверх