Xabaringiz bor, shu kunlarda poytaxtimizda, “VIII Butunjahon paxta tadqiqot konferensiya»si bo’lib o’tyapti.
Biroz oldin konferensiya doirasida Milliy markaz tizimidagi Paxta seleksiyasi, urug’chiligi va yetishtirish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti va Hindistonning “Nath Bio — Genes” kompaniyasi o’rtasida mahalliy navlarga “BT” genini o’tkazish bo’yicha memorandum imzolangani to’g’risida xabar bergan edik. Bu haqda institut direktori, akademik Shodmon Namozov intervyu berdi.