Tojikiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining 35 yilligiga bag‘ishlanib “Iqlim o‘zgarishi sharoitida fan va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi rivojlanishining innovatsion usullari” mavzusida Xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Shu munosabat bilan, 22-24 sentyabr kunlari Tojikiston Respublikasiga xizmat safari tashkil etildi.
Xalqaro konferensiya ishida Tojikiston Bosh vaziri o‘rinbosari Ziyozoda Sulaymon Rizoi, Qishloq xo‘jaligi vaziri Xakimzoda Qurbon, Tojikiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Davlatzoda Sayfiddin Xayridin, Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi oziq-ovqat xavfsizligi raisi Fayzullozoda Muxammadsaid Ubaydullo janoblari, Tojikiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi raisi Omonullo Salimzoda va O‘rta Osiyo mamlakatlari Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi vakillari hamda ilmiy-tadqiqot institutlaridan soha mutaxassislari ishtirok etishdi.
PSUEAITIdan laboratoriya mudirlari Ya.A.Babaev va M.P.Ziyatovlar qatnashishdi. Xalqaro konferensiyada global iqlim o‘zgarishi sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olishda to‘sqinlik qilayotgan abiotik va biotik omillarning tobora kuchayib borayotganligi – bu sohada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tub isloxotlar bo‘yicha tajriba almashindi. Ayniqsa, bu sharoitda qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olishda birinchi novbatda ilmga yondashgan holda yangi innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish ishlariga aloxida e’tibor qaratildi. Xalqaro konferensiyada Tojikiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining 35 yilligi bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy Markazi va PSUEAITI jamoasi nomidan tayyorlangan tabrik o‘qib eshittirildi.Xalqaro konferensiya kun tartibida o‘zbek olimlari bilan birgalikda g‘o‘za parvarishida Shinjon texnologiyasi asosida parvarishlanayotgan mahalliy va xorijiy g‘o‘za navlaridan yuqori hosil olish usullari to‘g‘risida fikr va muloxazalar yuritildi. Q.x.f.d. M.P.Ziyatov O‘zbekistonda fermer xo‘jaliklari dalalarida amalga oshirilayotgan suv tejovchi zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha taqdimot qildi.
Xalqaro konferensiya yakunida qatnashchilar ishtirokida paxtachilikda O‘rta Osiyo mamlakatlarida paxtachilikda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan yangi ishlanmalar, ilg‘or resurstejovchi agrotexnologiyalar hamda kelgusi yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan davra suxbati o‘tkazildi. Konferensiya yakunida esa bu yilgi amalga oshirilgan ishlar sarxisobi va kelgusida paxtachilik sohasida hamkorlikni kengaytirish borasida kelishib olindi.Oldin xabar berganimizdek, Tojikiston Dexqonchilik institutining 15 gektarlik maydonida MERGANTEKS MChJ tomonidan keltirilgan xorijning Xin Lu Zohg-88 g‘o‘za navi Shinjon texnologiyasi asosida chigitlar 15-20 may muddatlarida, 10 gektarlik maydonida esa mahalliy Ravnaq-1, Porloq-4 hamdaTojikiston seleksionerlaritomonidan yaratilgan Xo‘jand-67 va Dang‘ara-3 g‘o‘za navlari plyonka ostiga chigitlar 10-12 may muddatlarida ekilib oddiy usulda parvarishlandi. Xizmat safari davomida parvarishlanayotgan g‘o‘za navlari dalasi ko‘zdan kechirildi.
MERGANTEKS MChJ tomonidan keltirilgan xorijning Xin Lu Zohg-88 g‘o‘za navi Shinjon texnologiyasi (76 sm qo‘shqator usuli, tomchilatib sug‘orish texnologiyasi) asosida parvarishlanayotgan dalada terimga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Hosil bashorati kamida 55-60 s/ga ni tashkil etmoqda.
Plyonka ostiga oddiy sug‘orish usulida mahalliy navlar ekilgan iaydonlarda hosildorlik bashorati 45-50 s/gani tashkil etmoqda.




