
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi «Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmoni qabul qilingan edi.



Farmon ijrosi doirasida Paxta seleksiyasi, urug’chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti direktori akademik, Xitoy Xalq Respublikasi g’arbiy tadqiqotlar markazi faxriy professori Namozov Shodmon Ergashovich bilan davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida akademik tomonidan biologiya faniga oid qiziqarli mavzular bo’yicha keng nazariy tushunchalar, mamlakatimiz va jahonda olib borilayotgan tadqiqotlar haqida maʼlumotlar berildi.
Yakunida yosh akademiklar klubi a’zolariga a’zolik guvohnomalari topshirildi.


