“Bir kamar — bir yo‘l” tashabbusi doirasida paxtachilikda yangi bosqichdagi hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

Avval xabar berganimizdek (https://t.me/AKIS_milliy_markaz/10914), Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori, akademik Shodmon Namozov va Markaz direktorining ilniy ishlar va innovatsiyalar boyicha maslahatchisi Zabardast Bo’riyevllar boshchiligidagi delegatsiya shu kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining Aksu shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Bir kamar — bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi» “Bir kamar — bir yo‘l biologik paxta seleksiyasi sammiti forumi”da ishtirok etmoqda.

Forum O‘zbekiston delegatsiyasi uchun samarali kechmoqda. Jumladan, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda Xinjiang Jinfengyuan Seed Industry Co. Ltd. kompaniyasi o‘rtasida qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi, yuqori hosil beradigan ekinlar yetishtirishda ilg‘or va suv tejamkor, aqliy agrotexnologiyalardan foydalanish, o‘simliklarni kasallik va zararkunandalardan samarali himoya qilish usullarini joriy etish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyalarini rivojlantirish hamda suvda eriydigan o‘g‘itlardan samarali foydalanish yo‘nalishlarida hamkorlikka oid kelishuvga erishildi.

Shuningdek, kelishuvga ko‘ra, ilmiy tadqiqot loyihalarini hamkorlikda amalga oshirish, mutaxassislar malakasini oshirish va tajribali ekspertlar ishtirokida fermerlar uchun zamonaviy agrotexnologiyalar bo‘yicha o‘quv-seminarlar tashkil etish rejalashtirilgan.

Ushbu hamkorlik qishloq xo‘jaligida ilm, innovatsiya va amaliyotni uyg‘unlashtirish, fermer xo‘jaliklari samaradorligini oshirish hamda tarmoqda barqaror rivojlanishni ta’minlashga xizmat qiladi.

Прокрутить вверх