Veb-saytda ishlatilgan atamalar ma’nosi

Sayt (veb-sayt, Internet-sayt) – doimiy ravishda Internetga ulangan maxsus kompyuterlarda (veb-serverlarda) joylashtirilgan ma’lumotlarga (veb-sahifalarga) ega fayllar to‘plami. Shu sababli, internetga kirish imkoniga ega bo‘lgan har bir kishi uchun mavjud.
Bosh sahifa – veb-saytning bosh sahifasi.
Boshqarma va bo‘linmalari – Vazirlik  va uning idoraviy mansub tashkilotlari bo‘linmalari ro‘yxati.
Ochiq ma’lumotlar – mualliflik huquqi, patentlar va boshqa nazorat mexanizmlarining cheklovlarisiz mashinada o‘qiladigan foydalanish va keyingi nashr qilish uchun ma’lum ma’lumotlarga erkin kirish imkoniyatini aks ettiruvchi tushuncha.
Fuqarolarning murojaatlari – murojaatingizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi 
pm.gov.uz orqali qoldirishingiz mumkin.
FAQs (tez-tez so‘raladigan savollar) – foydalanuvchilarning tez-tez so‘raladigan savollariga javoblar ro‘yxati.
Ishonch telefoni – fuqarolarning telefon orqali murojaatlarini qabul qilish.
Inspeksiya— muayyan soha qaramog‘idagi organlar va shaxslar faoliyatining to‘g‘riligini nazorat qiluvchi va tekshiruvchi tizim.
Inspektor— muayyan sohaga qarashli organ va shaxslar faoliyatining to‘g‘riligini yoki mavjud qonunlarning amalga oshirilishini nazorat qiluvchi mansabdor shaxs.
Xo‘jalik yurituvchi sub’yekt— mulk shaklidan qat’iy nazar, korxonalar va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar.
Tadbirkorlik sub’yekti— Belgilangan tartibda davlat ro‘yxtidan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar.

Normativ-huquqiy hujjat – bu qonun hujjatlarida belgilangan shaklda qabul qilingan, qonun hujjatlari normalarini umumiy majburiy davlat qoidalari sifatida belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat.

Прокрутить вверх