Paxtaçilikda yangi davr: tarixiy natija zamirida ilm-fan va zamonaviy texnologiyalar

Bugun Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uçun kontent tayyorlaş markazida Qişloq xöjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boşçiligida “5 million tonnadan ziyod paxta hosili – Yangi Özbekistonning tarixiy ğalabasi” mavzusida matbuot anjumani bölib ötdi.

Unda mamlakatimizda joriy yilgi paxta mavsumida erişilgan natijalar, hosildorlikni oşirişga qaratilgan çora-tadbirlar, sohada amalga oşirilayotgan islohotlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan atrofliça ma’lumot berildi.

Matbuot anjumani davomida ommaviy axborot vositalari vakillari özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, vazir va soha mutasaddilaridan batafsil javob hamda tuşuntirişlar oldi. Ayniqsa, 5 million tonnadan ziyod paxta hosilini yetiştirişga qanday omillar zamin yaratgani, bu natijaga erişişda qaysi yondaşuvlar hal qiluvçi ahamiyat kasb etgani jurnalistlar e’tiboridagi asosiy mavzulardan biri böldi.

Vazir ta’kidlaganidek, mazkur natija şunçaki qulay ob-havo yoki boşqa tabiiy omil hisobiga qölga kiritilgani yöq. Uning zamirida yillar davomida şakllangan tajriba, ilm-fan yutuqlarining bevosita dalaga tatbiq etilişi, zamonaviy agrotexnologiyalar va dehqonçilikka yangiça yondaşuv mujassam.

Matbuot anjumanida qayd etilganidek, erişilgan natija bilan çeklanib qolmasdan, kelgusida ham hosildorlikni oşiriş, suv tejovçi texnologiyalarni kengaytiriş va paxtaçilikda ilmiy işlanmalar samaradorligini yanada kuçaytiriş ustuvor vazifalardan bölib qoladi.

Прокрутить вверх