Bugun Özbekiston Respublikasi Prezidentining agrar rivojlaniş masalalari böyiça maslahatçisi Şuxrat Ğaniyev rahbarligida video-konferens-aloqa şaklida yiğiliş bölib ötdi.
Unda Qişloq xöjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Paxtaçilik kengaşi a’zolari, sohaga aloqador va vazirlik tizimidagi taşkilotlar rahbarlari, şuningdek, hududiy qişloq va suv xöjaligi boşqarmalari boşliqlari iştirok etdi.
Yiğilişda joriy yilda paxtaçilikda erişilgan natijalar, dalalardagi mavjud hosilni töliq yiğib oliş hamda kelgusi mavsumga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, joriy yilda mamlakatimizda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta xomaşyosi yetiştirilib, tarixiy natijaga erişildi. Bunda ilm-fan yutuqlarini işlab çiqarişga tatbiq etiş, zamonaviy agrotexnologiyalar va fermerlar mehnati muhim örin tutdi.
Yiğilişda mavjud hosilni töliq va sifatli yiğib oliş, nobudgarçilikka yöl qöymaslik, terim texnikasi va resurslardan samarali foydalaniş zarurligi qayd etildi.
Şuningdek, kelgusi mavsumga tayyorgarlik doirasida ğözadan böşagan maydonlarga işlov beriş, tuproq unumdorligini saqlaş va oşiriş, hududlarning tuproq-iqlim şaroitlariga mos agrotexnik tadbirlarni belgilaş masalalariga e’tibor qaratildi.
Paxtaçilikda ilmiy yondaşuvni kuçaytiriş, ilğor tajribalarni ommalaştiriş va resurs tejovçi texnologiyalarni keng joriy etiş kelgusi mavsum samaradorligini ta’minlaşning muhim omillari sifatida belgilandi.
Muhokama qilingan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegişli vazifalar yuklatilib, ularning ijrosini tizimli nazorat qiliş zarurligi ta’kidlandi.








