2026-yil mamlakatimiz paxtaçiligida tub buriliş yasagan, alohida ahamiyatga ega yil sifatida tarixda qolişi şubhasiz. Zero, noyabr oyining ilk kunlaridayoq paxta yetiştirişda 5 million tonnalik marraning zabt etilişi soha tarixida alohida eʼtirofga loyiq natijadir.
Joriy yilda mamlakatimiz dalalaridan 5 million tonnadan ziyod paxta terib olindi. Bu şunçaki raqam emas, balki ulkan xirmon ortida minglab dehqon va mexanizatorlarning maşaqqatli mehnati, fermer va klasterlarning saʼy-harakatlari, yurt farovonligi yölidagi fidokorona mehnatlari mujassam.
Alohida taʼkidlaş joizki, joriy mavsumda paxta terimini mexanizatsiyalaştiriş darajasi hududlar kesimida 61 foizdan 98,5 foizgaça, mamlakat böyiça esa örtaça 76 foizni taşkil etdi. Jumladan, Jizzax viloyatida 98,5 foiz, Sirdaryo viloyatida 94,2 foiz, Toşkent viloyatida 81,2 foiz paxta hosili terim maşinalari yordamida yiğib olindi. Umumiy hosilning 3 515 597 tonnasi qariyb 3 mingta zamonaviy paxta teriş maşinasi yordamida terib olindi.
🇺🇿Albatta, bunday natijalarga öz-özidan erişilgani yöq. Bu, avvalo, Prezidentimiz tomonidan qişloq xöjaligini rivojlantiriş, sohaga zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etiş va ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalaniş böyiça belgilab berilgan ustuvor vazifalarning amaliy ifodasidir.
Eng muhimi, strategik yönalişlarning izçil amalga oşirilişi paxtaçilikda yangi marralarni zabt etiş, mehnat unumdorligini oşiriş va agrar soha salohiyatini yanada yuksaltirişga xizmat qilmoqda. Şuningdek, yil davomida mamlakatimizning barça hududlaridagi paxta dalalarida ötkazilgan amaliy seminarlar, olimlarning ilmiy izlanişlari, tavsiya va işlanmalarining işlab çiqarişga joriy etilişi ham mavsum muvaffaqiyatida muhim örin tutdi.
Zamonaviy agrotexnologiyalar, ilğor texnikalar va ilm-fan yutuqlarining uyğunligi paxtaçilikda yangi imkoniyatlarni oçmoqda. Bu esa mehnat unumdorligini oşiriş, hosilni öz vaqtida yiğib oliş hamda mavjud resurslardan samarali foydalanişga zamin yaratmoqda.
🇺🇿5 million tonnadan ziyod xirmon — bu şunçaki raqam emas. Bu yurt ertasini öylagan özbek dehqonlarining zahmati, xalqimizning bunyodkorlik salohiyati, ilm-fan va zamonaviy texnologiyalar kuçining yorqin ifodasidir. Paxta qabul qiliş maskanlaridagi har bir ğaramda yurtimizga bölgan mehr, halol mehnat va farovon kelajakka işonç mujassam.
Bugun muhtaram Prezidentimizning Özbekiston dehqon va fermerlari hamda barça qişloq xöjaligi xodimlariga yuborgan tabriklarida ham agrar soha zahmatkaşlarining fidoyi mehnatlari eʼtirof etildi. Oçiği, Mustaqil Özbekiston özining milliy davlatçilik tarixida bu kabi yutuqni ilk bor qölga kiritayotgani alohida qayd etildi. Buning zamirida fidoyi dehqonlar, omilkor fermerlar, tadbirkor klasterlar, agrar sohaning turli böğinlarida mehnat qilayotgan mutaxassislar, ilm ahli va olimlarning tinimsiz mehnati yotgani taʼkidlandi.
Eng asosiysi, davlatimiz rahbari özbek paxtaçiligi taraqqiyot yölini belgilab berişda zamonaviy yondaşuv va samarali tajribalarni joriy etiş zarurligini qayta-qayta taʼkidlab kelmoqda. Bugungi yutuqlarning mustahkam poydevori ham aynan şunday yondaşuv va islohotlar natijasida yaratildi. Buni bugun agrar sohaning har bir xodimi, yer qadrini bilgan va u bilan tillaşgan har bir fidoyi inson teran anglaydi. Erişilayotgan natijalar davlatimiz rahbarining sohaga doimiy eʼtibori va qöllab-quvvatlaşi samarasi ekanini alohida eʼtirof etadi.
Aziz fermer va dehqonlar, mexanizatorlar hamda butun paxtaçilik ahli! Maşaqqatli mehnatingiz samarasi, erişayotgan yutuqlaringiz muborak bölsin! Yurtimiz dalalarida hosil möl, xirmonlarimiz barakali, yangi marralar sari taşlayotgan qadamlarimiz bardavom bölsin!
