Toşkent davlat agrar universitetida olima ayollar va yoş avlod vakillarining ilmiy salohiyatini qöllab-quvvatlaş, xotin-qizlarning ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi faolligini oşirişga bağişlangan davra suhbati bölib ötdi.
Tadbirda oliy taʼlim muassasalari, Milliy markaz tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari, taniqli olima ayollar, doktorantlar, magistrantlar hamda talaba-qizlar iştirok etdi.
Davra suhbati davomida ilmiy faoliyatni boşlaş, grant va ilmiy loyihalarda qatnaşiş, xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar çop etiş, ustoz-şogird anʼanalarini rivojlantiriş hamda ilm-fan va işlab çiqariş integratsiyasi kabi dolzarb masalalar yuzasidan maʼruzalar tinglandi.
Iştirokçilar öz ilmiy tajribalari, erişgan yutuqlari va istiqboldagi rejalari bilan örtoqlaşib, yoşlarning ilmiy izlanişlariga keng yöl oçiş, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş yuzasidan fikr almaşdilar.
Tadbir yakunida faol iştirokçilarni taqdirlaş marosimi ham ötkazildi.









