XALQARO KONFERENSIYA: IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA INNOVATSION AGROTEXNOLOGIYALAR

Tojikiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Iqlim o‘zgarishi sharoitida fan va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi rivojlanishining innovatsion usullari” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti olimlari ishtirok etib, O‘zbekiston paxtachiligida qo‘llanilayotgan ilg‘or tajribalar va zamonaviy agrotexnologiyalarni namoyish etdilar.

Tadbir doirasida O‘zbekistonda fermer xo‘jaliklari dalalarida qo‘llanilayotgan suv tejovchi texnologiyalar bo‘yicha taqdimot qilindi. Shuningdek, “Paxtachilikda yuqori hosildorlikka erishishning 8 ta qonuni” asosidagi tajribalar va agrotexnik yondashuvlar konferensiya ishtirokchilariga tushuntirildi.

Xizmat safari davomida Tojikiston Dehqonchilik institutining tajriba dalalari ko‘zdan kechirilib, mahalliy va xorijiy g‘o‘za navlarini yetishtirish, Shinjon texnologiyasi asosida qo‘shqator usulida ekish hamda tomchilatib sug‘orish tajribalari bilan tanishildi.

Konferensiya yakunida Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida paxtachilik sohasidagi ilmiy hamkorlikni kengaytirish va ilg‘or resurstejovchi agrotexnologiyalarni joriy etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Прокрутить вверх