Professor Feruza Hasanova.

blank

ILMGA BAXSHIDA UMR! Professor Feruza Hasanova! Paxtachilik ilmining bilimdoni bo‘lgan bu ayolni mamlakatimizning paxtachilik sohasidagi olimlardan tortib, fermer-u dehqonlargacha juda yaxshi taniydi. Chunki opa erta ko‘klamda tuproqqa chigit qadashdan boshlab, to paxta pishib yetilguncha dehqonlar davrasida bo‘ladi. Umr bo‘yi egallagan ilmini dehqonlarga ulashishdan charchamaydi. Boisi u Ona Vatanni sevadi va har doim yurtga daxldorlik hissi bilan yashaydi.

Feruza opa hayotini agrar soha ilmiga bag‘ishladi. U 50 yildan buyon Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida ilmiy-nazariy qarashlarini shogirdlari bilan davom etirib kelmoqda. Uning rahbarligida 7 nafar shogidlari fan nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan bo‘lsa, hozirgi kunda 2 ta PhD va 5 nafar magistrantlarga rahbarlik qilib kelmoqdalar.

Uning mualllifligida 300 dan ortiq ilmiy maqolalar, 5 ta monografiya, bir qancha tavsiyalar va qo‘llanmalar chop etilgan. Olima tomonidan ishlab chiqilgan foydali ilmiy ishlanmalardan mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida doimiy ravishda foydalanib kelinmoqda.

Professor Feruza Hasanovaning fidokorona mehnati davlatimiz va hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlanib kelinmoqda. Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan bir necha marta faxriy yorliq bilan, “O‘zbekiston mustaqilligi” ning 10, 20 va 25 yilligi ko‘krak nishonlari, 2019 yilda “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoyisi” ko‘krak nishoni va “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.

Shunday yuksak martaba va ilm sohibasi bo‘lgan professor Feruza Hasanova bugun o‘zining muborak 70 yoshini qarshilamoqda. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi rahbariyati va jamoasi Ustozni qutlug‘ yoshi bilan muborakbod etib, uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi!

Прокрутить вверх