“Qishloq xo‘jaligi ilm-fani va amaliyotining uyg‘unligida xotin-qizlarning roli”

blank

Joriy yilning 16-fevral kuni Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida 11-fevral — “Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Qishloq xo‘jaligi ilm-fani va amaliyotining uyg‘unligida xotin-qizlarning roli” mavzusida davra suhbati va “Yangi O‘zbekistonda-zamin yulduzlari” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Davra suhbatida bugungi kunda mamlakatimiz xotin-qizlari orasida akademik, fan doktorlari va professorlar, fan nomzodlari hamda dotsentlar, yosh tadqiqotchilar, katta ilmiy izlanuvchi xodimalar soni tobora oshib borayotgani, xususan respublikamizda ilm-fan sohasida, uning rivojlanishida Toshkent viloyatining nufuzi eng yuqori ekaniga aloxida to‘xtab o‘tildi.

Toshkent viloyati “Olima” xotin-qizlar kengashi raisi q.x.f.d., professor D.Rashidova so‘zga chiqib, xotin-qizlar ilmiy va texnologik hamjamiyatda muhim rol o‘ynashini, fizika, kimyo va tibbiyot sohasida olamshumul ixtirolar yaratgan 23 olima ayollar Nobel mukofoti sohibalari ekanini ta‘kidlab o‘tdi.

Tanlov O‘zbekiston xotin-qizlar “OLIMA” uyushmasi, O‘zbekiston “Agrar soha ayollari” uyushmasi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi “Ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish” bo‘limi, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutining Xotin-qizlar kengashi va Olima uyushmasi hamkorligida tashkillashtirildi.

Tashrif buyurgan mexmonlar institutning zamonaviy O‘zbek-Xitoy «Biotexnologiya» qo‘shma laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirdilar

Tanlovning 5 ta nominatsiyasi bo‘yicha eng yuqori ilmiy natijalarga ega bo‘lgan Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti doktorantlari, xususan O.Sodiqova, X.Xusanbayeva, Sh.Sulaymonovalar diplom hamda estalik sovg`alari bilan taqdirlandilar.

Прокрутить вверх