2027-yil uchun doktorantlarni tayyorlash bo‘yicha qabul kvotalari tasdiqlandi!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalarida Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 2027-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga qabul kvotalari tasdiqlandi.

Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida jami 28 ta qabul o‘rni ajratildi!
Doktorantura (DSc) — 5 ta
Tayanch doktorantura (PhD) — 19 ta
Stajyor-tadqiqotchilik — 4 ta

Qabul quyidagi ilmiy ixtisosliklar bo‘yicha amalga oshiriladi:
🌱 Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik
💧 Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik
🧪 Agrokimyo
🌾 Seleksiya va urug‘chilik
🌿 O‘simlikshunoslik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-98-son Farmoni asosida ustuvor ilmiy ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura va doktoranturaga qabulda ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti asosida baholash tizimi joriy etilmoqda.

Ilm-fan sari navbatdagi qadamingizni Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti bilan qo‘ying!

Qabul jarayoni, talab qilinadigan hujjatlar hamda ilmiy tadqiqot ishi taqdimotiga oid batafsil ma’lumotlar institutning rasmiy sahifalarida e’lon qilib boriladi.

Hujjatlar PDF shaklida tayyorlanib, Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi orqali roʻyxatdan oʻtgan holda yuboriladi.

🌐 Hujjat topshirish uchun rasmiy elektron tizim:daraja.ilmiy.uz
📞Murojaat uchun telefon: +998 90 957-26-88

Прокрутить вверх