Hindistonda «Akola» paxta usuli butun mamlakat bo‘ylab joriy etiladi

Hindistonda fermerlar orasida katta samara bergan «Akola modeli» — paxtani baland zichlikda ekish va ekinlar o‘rtasidagi masofani qisqartirishga asoslangan. Maxaraştra shtatidagi fermerlar ushbu usul orqali gektariga 4 tonnadan ortiq hosil olmoqda. Hukumat bu modelni mamlakat miqyosida keng joriy etishga qaror qildi.

AQShda zararkunandalarga qarshi “steril mushka” biokurash loyihasi

AQSh Qishloq xo‘jaligi departamenti Texas va Meksika chegarasida og‘ir zarar yetkazuvchi “screwworm” qurtiga qarshi steril mushkalarni havoga tarqatish usulini qo‘llamoqda. Bu — ekologik toza, inson va chorva uchun xavfsiz usul bo‘lib, katta hududlarda zararkunandalar populyatsiyasini kamaytirishga yordam bermoqda.

Yevropada «Tabiat kreditlari» dasturi ishga tushirildi

Yevropa Ittifoqi fermerlar va yer egalari atrof-muhitni muhofaza qilishga rag‘batlantirish maqsadida yangi — «tabiat kreditlari» tizimini joriy etdi. Ushbu dastur orqali fermerlar ekotizimni tiklash va saqlashga qilgan hissasi uchun moliyaviy mukofot oladi. Bu — yashil iqtisodiyot sari qadam hisoblanadi.

Londonda “Kelajak bog‘i” ko‘rgazmasi o‘tkazildi

Britaniyadagi Chelsea Flower Show doirasida “Garden of the Future” nomi bilan innovatsion bog‘dorchilik namoyishi o‘tkazildi. Bu yerda qurg‘oqchilikka chidamli ekinlar, tuproqni kovlamasdan ekish («no-dig») texnologiyasi va AI asosida ishlovchi sensorlar taqdim etildi. Yagona maqsad — iqlim o‘zgarishi sharoitida barqaror bog‘ va tomorqalarni yaratish.

Braziliyada soya ekinlari GPS orqali nazorat qilinmoqda

Amazoniyada faoliyat yuritayotgan fermerlar hozirda dronlar, sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari va GPS texnologiyasi yordamida soya ekinlarini real vaqtda kuzatib, noqonuniy o‘rmon kesishlarining oldini olmoqda. Bu usul hosildorlikni oshirish va ekologik barqarorlikni ta’minlashda katta rol o‘ynamoqda

Xalqaro ekspertlar: tuproq salomatligi – qishloq xo‘jaligining kelajagi

FAO va BMT Taraqqiyot dasturi hisobotlariga ko‘ra, keyingi 10 yilda tuproqning organik moddalarga boyligi va biologik hayotini saqlash qishloq xo‘jaligining eng muhim vazifasiga aylanadi. Har yili Yer yuzida 24 milliard tonna tuproq eroziyaga uchrayotgani qayd etilgan. Bu esa “tiklovchi qishloq xo‘jaligi” (regenerative agriculture) usullarini keng tatbiq etish zarurligini ko‘rsatmoqda.

Internet ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

Прокрутить вверх