O’zbekistonda Fransiyaning Fasep granti doirasida innovatsion texnologiyalar joriy etiladi

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning 2023 — yil noyabr oyidagi O’zbekistonga tashrifi doirasida erishilgan ilmiy-texnikaviy hamkorlik kelishuviga muvofiq, Fransiyaning O’zbekistondagi elchixonasi tomonidan O’zbekistonda meva-sabzavotlarni innovatsion texnologiyalar asosida saqlash uchun Fransiyaning Fasep granti ajratilgan. Ushbu grantni amalga oshirish maqsadida bugun Milliy markaz direktori o‘rinbosari Sohib Islomov va Fransiyaning Eksperto konsalting kompaniyasi eksperti Stanislas Henrion o‘rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda, tomonlar grant-loyihani amalga oshirish borasida o’zaro fikr almashdilar. Jumladan, grant-loyiha doirasida O’zbekistonga taqdim qilinayotgan meva-sabzavotlarni yuqori sifatda saqlashga qaratilgan innovatsion texnologiyani Milliy markaz huzuridagi Qishloq xo’jaligi sohasi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti hududida o’rnatishga kelishib olindi.

Shu o’rinda, Quercy Réfrigération kompaniyasining O’zbekistonda «HD Cold» texnologiyasini joriy etish bo’yicha amalga oshirgan loyihalari haqida aytib o’tish lozim. Ushbu loyihalarning asosiy maqsadi — elektr va suv sarfini kamaytirish, shuningdek, meva va sabzavotlarni saqlash sharoitlarini yaxshilashdir.

HD Cold — oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash uchun ishlab chiqilgan, ekologik jihatdan samarali va patentlangan sanoat sovutkich tizimidir. Bu tizim, mahsulotlarni uzoq muddat saqlashda ularning sifatini saqlab qolish va energiya sarfini kamaytirishga qaratilgan.

Kimyoviy moddalar ishlatmasdan saqlash: HD Cold tizimi meva va sabzavotlarni kimyoviy moddalar ishlatmasdan uzoq vaqt saqlash imkonini beradi, bu esa ularning tabiiy xususiyatlarini saqlab qolishga yordam beradi.

Energiya tejash: tizim energiya samaradorligini oshiradi, natijada energiya xarajatlarini 40% gacha kamaytirish mumkin.

Suv sarfini kamaytirish: HD Cold tizimi suv sarfini 30% gacha kamaytirishga yordam beradi, bu esa ekologik jihatdan foydalidir.

Uchrashuv davomida, fransuz mutaxassislar yil davomida ushbu innovatsion texnologiya asosida talabalar, yosh ilmiy izlanuvchilar va fermerlar uchun mevalarni saqlashga oid treninglar o’tkazishga kelishib olindi.

Прокрутить вверх